ja Japanese
ar Arabiczh-CN Chinesenl Dutchen Englishfr Frenchde Germanit Italianja Japanesept Portugueseru Russianes Spanish

Yaponiyaga o‘qishga borishni istasangiz, Sachi Xalqaro Maktabi ga marhamat Aichi Nagoya

Japanese English Uzbek

ABOUT

SACHI haqida

SACHIning asosiy tamoyillari

arrow_downward

SACHIning ta’lim faoliyati

arrow_downward

SACHIning asosiy tamoyillari

Ko'p madaniyatlilikni qadriyatlarga aylantirib,
dunyo va Yaponiyani tutashtiruvchi
keyingi avlod yetakchilarini tarbiyalash.

SACHI International School

SACHI bilan o'zimning porloq yo'limni topaman.

〜 Searching my way to shine at SACHI 〜

Searching my way to shine at SACHI

SACHIning ta'lim faoliyati haqida

TRAINING AND EDUCATION PROGRAMS

Yapon tili orqali dunyo va biznesni bog'lovchi
kadrlarni tarbiyalashga hissa qo'shamiz.

Yaponiyada o'qishni istovchilarga mo'ljallangan kurslar

Chet ellik talabalar uchun yapon tili ta'limi

Yaponiyada o‘qishni rejalashtirayotganlar uchun dasturlar

Ushbu kursda yapon jamiyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni har tomonlama chuqur o'rganishingiz mumkin. Kundalik hayotda ishlatiladigan yapon tili bilan cheklanib qolmasdan, amaliy muammolarni hal qilish qobiliyati va madaniyatlararo moslashuvga alohida urg'u berilgan, mutaxassislik sohalarida talab qilinadigan yuqori darajadagi yapon tili ko'nikmalarini egallaysiz.
O'quv kursi yakunida yapon tilingiz CEFRning B2 darajasiga (JLPT N2–N1) teng bo'ladi.

01

LEARNING IN JAPAN

Yaponiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan xorijliklar va korxonalar uchun kurs.

Ishchilar uchun yapon tili ta’limi

02

BUSINESS JAPANESE COURSE

Chet ellik xodimlar va ularning malakasini oshirishga mas’ul xodimlarni bir vaqtning o'zida qo'llab-quvvatlaymiz.

Biznesda zarur bo'lgan, ish faoliyatiga yo'naltirilgan yapon tili va madaniy farqlar haqida tushuncha hosil qilish orqali ish joyidagi muloqotni yaxshilash bo'yicha trening dasturlarini taqdim etamiz. Xorijiy xodimlarning Yaponiyadagi ish muhitiga moslashishi va hamkasblari bilan do'stona munosabatlar o'rnatishini ta'minlash uchun amaliy mashg'ulotlar olib boramiz.

Quyidagi muammolar sizni qiynayabtimi?
・Chet ellik xodimlar berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri tushuna olyaptimi degan xavotir.
・Chet ellik xodimlarni o'qitish uchun ajratilgan mutaxassislar kutilgan natijalarni bermayapti.
・Kompaniya ichidagi madaniy tafovutlar yuzaga keltirgan “ko'rinmas devor” muloqotni qiyinlashtirmoqda.

SACHI ishchilar uchun mo'ljallangan yapon tili kursi biznesda suhbat va elektron yozishmalarga qo'shimcha ravishda, madaniy tafovutlarni yengib o'tish bo'yicha aniq usullarni o'rgatadi.
Shuningdek, chet ellik xodimlarni o‘qitishga mas'ul mutaxassislar uchun maxsus malaka oshirish kurslari ham taqdim etiladi. Bu dastur orqali chet ellik xodimlar va yaponiyalik xodimlar birgalikda ishlay oladigan va unumdorlikni oshiradigan muhitni yaratish maqsad qilingan.

Ishchilar uchun yapon tili ta'lim dasturi

1.Biznes yapon tili kursi

BUSINESS JAPANESE COURSE

Chet ellik xodimlarning vazifalari va ular duch kelayotgan muammolarga quloq tutamiz, hamda tahlillarga asoslanib har bir kompaniya uchun maxsus ishlangan yapon tili kurslarini taklif etamiz.

2.Chet ellik xodimlarni o'qitish mas'ul mutaxassislar uchun malaka oshirish kursi

SUPPORTING INTERNATIONAL EMPLOYEE

Chet ellik xodimlarni o'qitishga mas'ul bo'lgan xodimlar uchun biznes yapon tilini o'qitish usullari bo'yicha treninglar o'tkazamiz.

3.Xodimlarni baholash tizimi

EVALUATION

Kompaniyaning karyera yo'nalishiga mos ravishda xorijiy xodimlarni baholash mezonlarini ishlab chiqamiz.

Agar kompaniyangizda ichki yapon tili kurslarini tashkil etmoqchi bo'lsangiz, kursni tayyorlashning o'ziga kamida 200 soat vaqt talab etiladi.
SACHI xizmatlaridan foydalansangiz, kompaniyangiz ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus kursni aniq muammolarni hal qiladigan tarzda taqdim etamiz.

Ishchilarga mo'ljallangan yapon tili ta’limi dasturining afzalliklari

STRANGTH

#01

Vaqtni qisqartirish

Tajribali yapon tili o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, tezda o'z samarasini beradi.

SACHI o'z ta'lim dasturini chet ellik xodimlar va yapon xodimlar bilan o'tkazilgan so'rovnoma hamda intervyular asosida ishlab chiqadi. Bu esa dastur tezroq tatbiq etilishiga imkon yaratib, samarasini ko'rish uchun kerak bo'lgan vaqtni keskin qisqartiradi.

STRANGTH

#02

Ish unumdorlik darajasi oshadi

Ish joyiga mos amaliy yapon tili ta'limi

SACHI ning yapon tili ta'limi kurslari amaliyotga yo'naltirilgan dasturlar orqali chet ellik xodimlarning ish ko'nikmalarini tezda oshirishga yordam beradi. Bu dastur yapon tili qobiliyatini baholash testi (JLPT)ga tayyorgarlikdan farqli o'laroq, ish joyida duch kelinadigan real muammolarni hal etishga qaratilgan bo'lib, madaniy tafovutlarni tushunish va muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

STRANGTH

#03

Samara ortadi, xarajatlar qisqaradi

Kompaniya ichki ta'limini qo'llab-quvvatlab, minimal xarajat bilan maksimal natijaga erishilishini ta'minlaydi.

SACHI ning yapon tili ta'limi va o'qituvchi tayyorlash xizmati orqali kompaniya ichida yuqori sifatli chet ellik xodimlarni tayyorlash amalga oshiriladi va kompaniya ichki ta'lim tizimining shakllantirilishi orqali xarajatlarni kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu tizim kelajakda chet ellik xodimlar sonining ortishiga ham xizmat qiladi.

Xorijda yapon tili o'qitishni qo‘llab-quvvatlash

Yapon tili ta'lim dasturini ishlab chiqish va boshqaruvda ko'maklashish

SACHI xorijdagi ta'lim muassasalariga yapon tili ta'lim dasturlarini taqdim etish va o'qituvchilarni yuborish xizmatlarini amalga oshirmoqda.

So'nggi yillarda Yaponiyada ishlash yoki o'qishni istagan talabalar soni ortib bormoqda. Ushbu ehtiyojni qanoatlashtirish maqsadida, sifatli yapon tili ta’limi tizimi yo‘lga qo‘yilgan. SACHI o'z xodimlarining boy tajribasidan foydalangan holda, o'quv dasturlarini ishlab chiqishdan tortib o'qituvchilar bilan ta'milash va chet ellik yapon tili o'qituvchilari uchun treninglar tashkil etishgacha to'liq qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etadi.

03

OVERSEAS JAPANESE LANGUAGE EDUCAGTION

SACHI ning yapon tili ta'limi dasturini yo'lga qo'yishdagi afzalliklari

MUTUAL UNDERSTANDING

Madaniyatlararo tafovutlarni tushunishni rivojlantirish

SACHI ning yapon tili o'qituvchilari bilan ta'minlash xizmati orqali mahalliy sharoitda yapon tilini o'rgatish va madaniy tafovutni tushunish bo'yicha ta'lim yo'lga qo'yilgan. Bu esa mahalliy talabalarga faqat yapon tilini o'rganish emas, balki yapon madaniyati bilan tanishib, o'zaro yaxshi tushunishga va yanada boy xalqaro almashuvni amalga oshirishga yordam bermoqda.

TEACHING SKILLS

O'qituvchilarning dars berish qobiliyatini oshirish

SACHI da yapon tili o'qituvchilarini tayyorlashda keng tajribaga ega o'qituvchilar mahalliy hududlarga tashrif buyurib, chet ellik yapon tili o'qituvchilari uchun treninglar o'tkazadilar. OJT (ish jarayonida o'rgatish) orqali o'qituvchilar o'z darslarni boshqarish qobiliyatlarini yaxshilab, ta'lim sifatini oshirishni maqsad qiladilar.

SUPPORT FOR STUDY ABROAD PREPARATION

Yaponiyada o'qishga tayyorgarlik bo'yicha ko'mak

SACHI da yapon tili dasturlarini boshqarish bo'yicha yordam orqali mahalliy talabalarga Yaponiyada o'qishga yoki ishga joylashish uchun zarur bo'lgan asosiy yapon tili malakalarini o'zlashtirishda yordam beradi. Shuningdek, talabalarga Yaponiyada karyera qurish, o'qish yoki ishga joylashish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun aniq tavsiyalar va qo'llab-quvvatlash taqdim etiladi.

TOP