SACHI ning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari
Yapon tili va ijtimoiy ko'nikmalar orqali kelajak yo'lini ochib beruvchi ta'lim
SACHI International School nafaqat yapon tili bo'yicha bilimlarni, balki amaliy ijtimoiy ko'nikmalarini ham egallagan global kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Biz yetuk kadrlarni yetishtirish orqali jamiyatning farovonligiga hissa qo‘shish bilan bir vaqtda, chet ellik talabalar hayotini yanada boyitishni maqsad qilamiz.
SACHI da orttirilgan tajriba orqali talabalar o'z kasbiy yo'nalishlarini aniqlab, global nuqtai nazardan jamiyatga foyda keltiradigan shaxsga aylanishga intilishadi. Ushbu maqsadlarga erishish orqali, SACHI International School nafaqat talabalar, balki jamiyat uchun ham ahamiyatli ta’lim maskani bo'lishni maqsad qiladi.
01
O‘rta va uzoq muddatli karyerani qo‘llab-quvvatlash
CAREER SUPPORT
Yapon tilini o'rganishdan tashqari, ijtimoiy hayotda zarur bo'lgan amaliy ko'nikmalar va mustaqil o'rganish qobiliyatining rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, o'rta va uzoq muddatli karyera rejalashtirishni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Xalqaro liderlik va muloqot ko'nikmalari kabi keng qamrovli ko'nikmalarni rivojlantirishni rag'batlantiradi.
02
Ko'p madaniyat vakillarining o'zaro hamjihat hayot kechirishlarini ilgari surish
MULTICULTURAL
Turli madaniyat vakillari bo'lgan talabalarni tarbiyalash va mahalliy jamoa hamda korxonalar bilan hamkorlikdagi ta'limni tashkil etiladi. Bu orqali mahalliy jamiyatda ko'p madaniyat vakillarining o'zaro hamjihatlikda yashashlarini targ'ib etish va chet elliklar bilan yaponlar birgalikda faoliyat yuritadigan muhitning ahamiyati singdirib boriladi.
03
Umr bo'yi o'rganishni targ'ib qilish
LIFELONG LEARNING
Bitiruvchilar tinimsiz o'sishlar, ularning "networking" tarmoqlarini kengaytirishlari uchun Alumni tarmog'ini (bitiruvchilar tarmog'ini) yaratamiz. Talabalar o'rtasida, shuningdek, talabalar va o'qituvchilar o'rtasida chuqur aloqalar o'rnatish imkonini beradigan platformani faollik bilan shakllantirib boramiz. Shuningdek, bitiruvdan keyin ham izchil qo‘llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqamiz.